Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi va ”Mahalliy davlat hokimligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
16³-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining raisi lavozimiga saylov o‘tkazildi.
Kengash raisi lavozimiga O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi 23- Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Danashev Dilmurod
Abdulxamidovichning nomzodi tavsiya etildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Danashov Dilmurod Abdulxamidovich ushbu lavozimga saylanganga qadar O‘zbekiston mahallalar uyushmasining Buloqboshi tumani
bo‘limi –yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan