Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
янв.21
Deputat tomonidan Baynalminal MFY xududidagi 26-maktab ota-onalari bilan suxbat o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi tumani Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri va tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi bilan birgalikda tumandagi 68-IDIUM da o’quvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
янв.21
Buloqboshi tumani Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryad a’zolarining tantanali “vada berish marosimi’’
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi deputati Yoldasheva Dilafrus hamda mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori Arabboyev Lochinbek ishtirokida birgalikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Buloqboshi tumani Kengashi deputati Turganova Dildora Sobirovna tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
3-dekabr Nogironlar kuni
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Maniyazov Buloqboshi tumanida boʻldi.
янв.21
Buloqboshi tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish deputat nazoratida
Buloqboshi tumani Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryad a’zolarining tantanali “vada berish marosimi’’

 Buloqboshi tumani hokimligi, Xalq deputatlari tuman Kengashi, Mudofaa ishlari bo‘limi, 9253-sonli harbiy qism hamda tuman hududidagi 2-, 7-, 8-, 9-, 23-, 29- va 31-sonli umumta’lim maktablarining Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari va “Vatan tayanchi” guruhi a’zolari ishtirokida mazmunli va saviyali tadbir tashkil etildi. 

Ushbu tadbir davomida faxriy harbiylar ham tashrif buyurib yosh vatanparvarlarga o‘z tafsiyalarini berib kelgusida yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining ahamiyati va uni o‘qitishdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, “Vatan tayanchi” guruhi a’zolarining
faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasalari va harbiy tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda faol ishtirok etgan, o‘z mehnati va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan ishtirokchilarga Buloqboshi tumani hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.  

Slide 1 of 19