Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini
ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat hamda profilaktika inspektori tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan.