Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.Shu doirada, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Beshkappa” mahallasida hokim yordamchisi Bekmurod O‘tkirov hamda ijtimoiy xodim Turg‘unova Muslima bilan birgalikda mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish
borasidagi ishlar bevosita joyida o‘rganildi.O‘rganish davomida, avvalo, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati,ularning mavjud muammolari va imkoniyatlari, kambag‘allikdan chiqarish, aholi
bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Xususan, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarning imkoniyatlarini aniqlash, ular uchun barqaror daromad manbalarini shakllantirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish,kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash, fuqarolarni zarur xizmatlarga yo‘naltirish hamda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash holati ko‘rib chiqildi.Mahalladagi “mahalla yettiligi” tomonidan oilalarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib manzilli ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning natijadorligini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Bunda oilalarga faqat ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, ularning mehnat va tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, bandligini ta’minlash va mustaqil daromad manbalarini yaratish orqali kambag‘allikdan chiqarish
muhimligi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, aholining bandligini ta’minlash, oilalar daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.Deputat tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib borish, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlarni muntazam o‘rganish hamda aniqlangan muammolarning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi qayd etildi.