YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilishda yoshlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal etish, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, yoshlar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni tuman Kengashi faoliyatiga olib kirish, ularni Kengash qarorlari orqali hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan takliflar bildirildi.
✅ Yig‘ilish yakunida yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ullarni belgilash va ularning ijrosini nazoratga olishga kelishib olindi.