IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ XONADONLAR O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 1-“Tuzbozor” saylov okrugi deputati H. Saidov mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylov okrugi hududidagi Tuzbozor mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlarini o‘rgandi.
✅ O‘rganish davomida xonadonlardagi ijtimoiy-maishiy sharoitlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda mavjud ehtiyojlar o‘rganilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi.
✅ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga zarur ko‘mak ko‘rsatish va masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi