#_deputat_faoliyati
Paxta terimida faol fuqarolar rag‘batlantirildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Zaripova tumandagi “Qulpista” fermer xo‘jaligida bo‘lib, paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etayotgan fuqarolar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida paxta terimida yuqori natijalarga erishib, mavsumiy yig‘im-terim ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolarga sovg‘alar topshirilib, ularning mehnati munosib rag‘batlantirildi.
Ta’kidlanganidek, yurtimizda mo‘l hosil yetishtirish, uni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olishda fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar hamda fuqarolarning hissasi katta.
Bunday e’tibor va rag‘bat mehnatkashlarni yanada ruhlantirib, yig‘im-terim ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirishga xizmat qiladi.
Mehnat qadrlangan yurtda baraka va farovonlik bardavom bo‘ladi!