35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK O‘RGANISHI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan saylov okrugi hududidagi “Oq oltin” MFYda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan “Sanoat qurilish banki” agentlari faoliyati, shuningdek, fuqarolarning bank oldidagi kredit majburiyatlari va mavjud qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Bank agenti Tojiboyev Xasanjon tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshida mahalla hududidagi fuqarolarning bank oldidagi kredit qarzdorligi jami 61 mln so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasida 32 mln so‘mlik kredit qarzdorligi undirilgan.

Ayni vaqtda fuqarolarning bank oldidagi mavjud kredit qarzdorligi 28 mln so‘mni tashkil etmoqda.

O‘rganish jarayonida qolgan kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha ham tegishli ishlar olib borilayotgani, qarzdor fuqarolar bilan tushuntirish ishlari tashkil etilayotgani hamda mavjud qarzdorliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3