35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim M.Soxibovaning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz yashovchi keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 31 ta oilaga jami 14 mln 102 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek 32 nafar fuqaroga oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, 1 nafar yakka yolg‘iz yashovchi fuqaroning uyi yangidan qurib berilgani, yana 1 nafar fuqaroning yashash xonadoni ta’mirlab berilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, 80 yoshdan oshgan 3 nafar keksaga qarovchilar biriktirilib, ularning zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi ta’minlangan.

Oilaviy muhitda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 2 nafar xotin-qizga himoya orderlari rasmiylashtirilishi ta’minlangani ham ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov, “Madad” NNT bosh mutaxassisi M.Toshboltayeva ham ishtirok etib, o‘rganish ishlariga ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3