35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xususan, Burchilik ko‘chasi 4-uyda yashovchi Alijonova Nigora tijorat bank kartasini yangilash jarayonida yuzaga kelgan muammo bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli bank xodimlari bilan bog‘lanilib, masalaning mazmuni o‘rganildi hamda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada murojaatda ko‘tarilgan masala joyida ijobiy hal etildi.

Fuqarolarning murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi