35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!

5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!

✅ 2026-yil 1-mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida Boysun tumani Avlod mahallasidagi 8-sonli umumta’lim maktabida 25x50 metr o‘lchamdagi zamonaviy, usti yopiq futbol maydonchasi va 15x40 metr o‘lchamdagi yopiq suzish havzasini qurish bo‘yicha tashabbus ilgari surildi.

✅ Mazkur loyiha aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, 5 423 ta ovoz bilan g‘olib deb topildi. Tashabbus xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi deputati Fayzidin Tursunqulov tomonidan kiritilgan.

✅ Biroq loyihalash jarayonida suzish havzasini qurish uchun mablag‘ yetarli emasligi sababli loyiha qayta ko‘rib chiqilib, hozirgi loyihada usti yopiq stadion 22x42,3 metr o‘lchamda belgilangan. Bu holat aholi, ayniqsa, yoshlarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

✅ Avlod mahallasi tog‘li hududda joylashgani, yog‘ingarchilik mavsumi uzoq davom etishi inobatga olinsa, yoshlar uchun yetarli hajmdagi usti yopiq sport inshootiga ehtiyoj katta. Shu bois aholi dastlabki taklifda belgilangan 25x50 metr o‘lchamdagi futbol maydonchasini qurib berishni talab qilmoqda.

✅ Mazkur masala yuzasidan deputat Fayzidin Tursunqulov tomonidan tuman hokimi B.Sh.Shukurovga deputatlik so‘rovi yuborilib, loyiha parametrlarining o‘zgartirilishiga asos bo‘lgan hujjatlarni o‘rganish, huquqiy va texnik baho berish hamda 25x50 metrlik maydoncha qurish imkoniyatini qayta ko‘rib chiqish so‘raldi.

✅ Asosiy maqsad — 5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusni aholi manfaatlaridan kelib chiqib, qonunchilik talablari asosida amalga oshirishdir.

Slide 1 of 4