Mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, xususan ta’lim, tibbiy xizmat, sport, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishini o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova “Olmazor” mahallasida o‘rganishlar olib bordi.
🔵Dastlab, mahalla “yettiligi” faoliyatining ish yurituv hujjatlari ko‘zdan kechirilib, ularning yuritilish holati, mavjud tartiblar asosida rasmiylashtirilishi va ijro intizomi tahlil qilindi.
🔵 Shundan so‘ng, kotibiyat mudiri N. Maxmudov oilaviy shifokorlik punktiga (OSHP) tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlarining ish faoliyati bilan tanishdi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔵 O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi oziq-ovqat do‘konlari faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, savdo jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlar sifati va yaroqlilik muddati, narxlarning to‘g‘ri aks ettirilishi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.
🔵 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.