▪️Xotin-qizlarning holidan xabar olish, ularning muammo va ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish maqsadida deputat Karomat Karimova hamda xotin-qizlar faoli Fotima Abdullayevalar tomonidan A.Navoiy mahallasi hududidagi xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.
▪️Tashriflar davomida ayollar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy ahvoli, bandligi, sog‘ligi hamda kundalik hayotida uchrayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.
▪️Suhbatlar jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.