📝 Boyovut tumanida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning mehnat huquqlarini keng targ‘ib etish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni deputatga biriktirilganligi munosabati bilan tuman deputati Eldor Erkaboyev tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📖 Uchrashuv davomida mazkur qonunning asosiy yo‘nalishlari, xususan, aholining bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati, ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash tizimi, shuningdek, ish beruvchilar va xodimlarning huquq hamda majburiyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
💬 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Uchrashuv yakunida aholining bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi.