Yangiliklar

Kosonsoyda deputat va tadbirkor uchrashuvi

Kosonsoy tumani 13-Yangi O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat G‘ofurjon Abdurahmonov Yangi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqaro Sayidtalqonov Kamolxon bilan uchrashib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🌱 Tadbirkor 2025 yilda 37 million so‘m kredit hisobiga 10 sotix yer maydonida zamonaviy issiqxona barpo etgan.

🍋 Olingan kredit mablag‘lari o‘tgan yilgi hosil hisobidan qoplangan bo‘lib, ayni paytda issiqxonada limon, pomidor va bodring yetishtirilmoqda.

👨👩👧👦 Shu bilan birga, mazkur faoliyat orqali tadbirkorning oila a’zolari doimiy ish bilan ta’minlangan.

🤝 Bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash va mahalla iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3