Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida tuman deputati Salohiddin Kuldashov tomonidan “Markaz” mahallasi faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

📄Uchrashuv davomida bir qator muhim qonun hujjatlari, jumladan:

➖ “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№O‘RQ-538, 20.05.2019),

➖ “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№710-II, 03.12.2004), mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

⏩ Shuningdek, ushbu qonunlarning amaliy ahamiyati, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

⏩ Uchrashuv yakunida mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda taklif va mulohazalar tinglandi.

Slide 1 of 3