⏭️ Xususan, Boyovut tumani “Markaz” mahallasi yettiligi faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida tuman Kengashi raisi Obloqul Isanov, Kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova hamda deputat Axrorjon Ibadullayevlar tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
⏭️ Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda hududni kompleks rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat jarayonida mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.