Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

📆 30-martdan 3-aprelgacha bo‘lgan kotibiyat hamda deputatlar ishtirokida hududlarda amalga oshiradigan ishlar bilan tanishing:

❤️ 30-mart kuni – Qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish;

📍 "Muqumiy" MFY

👤 Deputat: O.Jumanazarov

👤 Mas'ulu: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

30-mart kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 23-sessiyasida qabul qilingan qarorlarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda tahlil qilish;

📍 Kotibiyat binosi

👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

31-mart kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashiga yanvar, fevral mart oylarida kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish;

📍 Kotibiyat binosi

👤 Mas'ul: Bosh mitaxassis, A.Sharopov

31-mart kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining mart oyi davomida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallari tahlil qilinib, deputatlik faoliyatini yanada faollashtirish maqsadida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan deputatlarga amaliy yordam ko‘rsatish choralarini belgilash tavsiya etiladi;

📍 Kotibiyat binosi

👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

1-aprel kuni – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 209-son qarorida mahalla yettiligiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi qay darajada ta’minlanayotganligini o‘rganish;

📍 "Navro‘z" MFY

👤 Mas'ullar: O.Isanov, X.Berdiyarova

1-aprel kuni – Boyovut tumani yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;

📍 Tuman hududi

👤 Deputatlar: E.Erkaboyev, K.Karimova

👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

1-aprel kuni – “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining sug‘orish holatini o‘rganish hamda bu borada targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

📍 Tuman hududi

👤 Kengash huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

2-aprel kuni – Boyovut tumani “Bunyodkor” mahallasi raisining ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish;

📍 "Bunyodkor" MFY

👤 Mas'ullar: O.Isanov, X.Berdiyarova

👤 Bosh mutaxassis: Sh.Suvankulov

2-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi Obloqul Isanov saylovchilar bilan uchrashuvini o‘tkazishda amaliy yordam berish;

📍 "S.Ayniy" MFY

👤 Deputat: O.Isanov

👤 Bosh mutaxassis: A.Sharopov

2-aprel kuni – “Bekat” mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan 

2025-yilda amalga oshirgan ishlari va 2026-yilda amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rganish;

📍 "Bekat" MFY

👤 Deputat: E.Otaboyev

👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

3-aprel kuni – Koʻp qavatli uylarning podyezdlari, tom qismi, yertoʻla va atrof hududlar tozaligi, yoritilishi hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oʻrganish;

📍 "Yangiobod" MFY

👤 Deputat: N.Narxadjayeva

👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

3-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 

22-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Go‘zal Saitqulovaning faoliyatini “Deputat bilan bir kun” loyiha asosida OAVlarida yoritish;

📍 "Yangiavlod" MFY

👤 Deputat: G.Saitqulova

👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

Ushbu chora-tadbirlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

Slide 1 of 2