Yangiliklar

Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputatlari B.Boltaboyev va A.Jo‘rayev tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarorining 2-bandi "tuman (shaxar) larning qiyosiy ustunlikka ega yo‘nalishlar" bo‘yicha 2-ilovasiga asosan tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi tuman Kengashi deputatlari B.Boltaboyev va A.Jo‘rayev tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi, loyihalarni amalga oshirish holati tahlil qilindi. Shuningdek, loyihalar bo‘yicha amalga oshirish sur’ati, infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar ham o‘rganildi.

Slide 1 of 3