Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun bo‘lib o‘tgan sessiyada Kengash huzuridagi doimiy komissiyalar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan xulosalar deputatlar e’tiboriga havola etildi. Har bir masala bo‘yicha komissiyalarning xulosalari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi va deputatlar tomonidan aniqlangan muammolar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.

Sessiya jarayonida deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan faol ishtirok etib, savol-javoblar orqali o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Slide 1 of 10