Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 15-Bodoy saylov okrugidan saylangan deputat Toshev Akram Bobamuradovich, Jahonobod mahallasi ettiligi bilan suhbatlashdi va ijtimoiy xodimining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O'rganish davomida deputat mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini, mahalla faoliyatini ko‘zdan kechirdi va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berdi.