Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi raisi Eshonqulov Eldor Uktamovich tumandagi Ko‘rpa mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, ayollar bilan manzilli ishlash, oilaviy muammolarni o‘rganish, kasb-hunar o‘rgatish hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli masalalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1