Jo‘langar mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzaga kelib, nasosning kuyishi natijasida aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelgan edi.
Mazkur muammo yuzasidan fuqarolar tomonidan deputatga murojaat qilindi. Murojaat nazoratga olinib, qisqa muddatda tegishli tashkilotlarga yetkazildi.
Natijada tuman “Suvta’minot” korxonasi mutaxassislari tomonidan nosoz nasos ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi. Aholining ichimlik suvi ta’minoti tiklandi.
Jarayonni, 6-Jo‘langar saylov okrugi deputati Umurzoq Yarlakabov bevosita joyiga chiqib o‘rganib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.