Yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 3-Mehrem saylov okrugidan saylangan deputat A. Matniyazov “Yangi makon” OFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot qilindi, ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

🚧 Xususan, hududdagi yo‘lning ta’mirga muhtoj ekani alohida ta’kidlandi. Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

📊 Muammolarni joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅ Aholi manfaatlari — doimiy e’tibor markazida!

Slide 1 of 4