Mazkur jarayon Kengash kotibiyat xodimlarining deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.
💬O‘rganishlar davomida Davlatimiz rahbarining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni doirasida “Mahalla yettiligi” tarkibiga kiritilgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
⏺Deputat e’tibor markazida bo‘lgan masalalar:
🔅Ijtimoiy xodimning ish yuritish hujjatlari va metodikasi;
🔅Aholi bilan ishlash tizimi va murojaatlarning ko‘rib chiqilish tezkorligi;
🔅Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak holati.
🔅Shuningdek, O.Lapasova mahallada bo‘lib, ijtimoiy xizmat oluvchi fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi va ularga ko‘rsatilayotgan yordam darajasi bilan tanishdi.
🔅Nazorat tadbiri yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.