Yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔹 Shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi vazifalardan kelib chiqib, aholi muammolari bilan ishlashda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri tajribasini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

🔹 Taxiatosh tumanida Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish;

Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2