Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Deputat so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Nazorat jarayonida D-164 “Sherobod shahri – Surxon temir yo‘l stansiyasi” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining ayrim qismlari ta’mirtalab holga kelgani, yo‘l qoplamasi yaroqsiz ahvolga tushgani aniqlandi. Mazkur holat transport qatnovida noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Fuqarolar tomonidan yo‘lni ta’mirlash yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaat asosida muammo deputat nazoratiga olindi va tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 3