Yangiliklar

Deputatlar mahallada: muammolar va yechimlar

Termiz shahrida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha "sayyor qabullar" davom etmoqda.

⏺Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli "Abdulla Avloniy" mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

💬Muloqotda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda deputat S.Xodjayevalar ham ishtirok etib, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni birgalikda tahlil qildilar.

💬Qabul jarayonida fuqarolar asosan mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarni ta'mirlash, tom qismini yangilash, fasadlarini tartibga keltirish hamda atrofini obodonlashtirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

🔅Murojaatlarning har biri sinchkovlik bilan o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5