Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi — kelajakni shakllantiruvchi kuch!
🔹 Farg‘ona tumanida yoshlarning ovozi yanada baland eshitilmoqda. Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi — shunchaki uchrashuv emas, balki kelajakni belgilaydigan muhim maydon.
🔹 Yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Shukhratjon Rahimov, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.
🔹 Yig‘ilishda yoshlarning muammolarini hal etish, ularning faolligini oshirish va qaror qabul qilish jarayonlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
🔹 Har bir yosh — tashabbuskor bo‘lishi kerak! Yangi loyihalar va g‘oyalar orqali nafaqat o‘z taqdirini, balki jamiyat rivojini shakllantirish imkoniyati mavjud.
🔹 Ishsiz yoshlarni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlik va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hamda intellektual, madaniy va sport salohiyatini rivojlantirish — kelajak poydevorini mustahkamlashdir.
🔹 Bugun faol bo‘lgan yosh — ertangi yetakchi. Imkoniyat bor, maydon bor, navbat esa harakatda!