💠Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Rayimova Gulbahor tomonidan mahallada “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, aholi muammolarini hal etish, yoshlar bandligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
💠Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish tashkil etildi.
💠Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.