2026-yil 19-mart kuni Chilonzor tumanidagi 280-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbir doirasida “O‘zbek xalq ertaklari yo‘llarida” nomli an’anaviy tanlov tashkil etildi. Unda o‘quvchilar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish qilinib, ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi va sahna madaniyati yuqori baholandi.
Tanlov bahoriy kayfiyat, milliy qadriyatlar, do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.