Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Mirishkor” mahallasida 9-oilaviy poliklinika mudirasi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan Mirishkor mahallasida hamshiralar ishtirokida aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda onalar va bolalar o‘limini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahallada kelib tushgan murojaatlar muhokama qilinib, xususan oilaviy ajrimlar sabablari, ularning oldini olish bo‘yicha maslahatlar va tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, oilaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3