Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida deputatlar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilash maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur o‘rganishlardan birida 20- Gulbahor saylov okrugi hududidan saylangan deputat S.Nazarov, mahalla “yettiligi” hamda mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida tashkil etilib, jarayonda ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ko‘cha yoritgichlari hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarining ahvoli joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.