Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, unda ko‘rsatib o‘tilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ularning joylarda ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarda “soliq to‘lash — burchim” degan tushunchani shakllantirish, “soliqlar — mahalla taraqqiyoti garovi” tamoyili asosida soliq madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi.