Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq, bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati binosida suv ta’minoti tizimi holatini o‘rganish hamda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda tuman Kengashi deputatlari hamda tuman “Suvta’minot” davlat unitar korxonasi mas’ullari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida mavjud muammolar, ichimlik suvi tarmoqlarining holati, nosozliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib berishni yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 10