Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumaboy Rahmonqulov tashabbusi bilan tashkilotlar hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmunan o‘rganildi va keng muhokama qilindi.
Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, ijtimoiy sohani rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama etildi.
Shuningdek, Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi ijrosi, ularni amaliyotga tatbiq etishda deputatlik nazorati va jamoatchilik ishtirokining ahamiyati alohida ta’kidlandi.