Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

22-umumtaʼlim maktabida yakka tartibda taʼlim olayotgan o‘quvchilarning taʼlim olish sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilarga berilayotgan taʼlim sifati, mashg‘ulotlar tashkil etilishi hamda mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi.

Tuman Kengashi deputati Obloqul Isanov suhbat davomida nogironligi bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlar, taʼlim sohasidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Mazkur uchrashuv yakka tartibda taʼlim olayotgan o‘quvchilarning huquqlari va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 2