Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Karomat Karimova hamda mahalla a’zolari bilan hamkorlikda A.Navoiy mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ularning mehnat sharoitlari, mavjud imkoniyatlari hamda faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi va faollari ishtirokida voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.
Uchrashuv davomida mas’ullarning fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.