Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Surayyo Axmedova "Kattatepalik" hududida joylashgan 45-sonli maktab binosida tuman Ichki ishlar bolimi xodimi bilan birgalikda hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda hududdagi xavfsizlik masalalari, jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar va yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish masalalari muhokama qilindi. Surayyo Axmedova yoshlar bilan muloqot davomida jamiyatda xavfsizlikni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishdagi profilaktik ishlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbir ishtirokchilari uchun huquqiy bilimlarni mustahkamlash, hududdagi xavfsizlikni oshirish va jinoyatchilikka qarshi samarali chora-tadbirlar bilan tanishish imkonini yaratdi.