Boyovut tumanining “Navbahor” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda aholining dolzarb masalalari tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.
Uchrashuvda tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov, tuman hokimi o‘rinbosarlari Avazbek Alashukurov hamda Komiljon Abdaliyevlar ishtirok etishdi.
⚫️Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy muammolar, yoshlar bandligini ta’minlash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xavfsizligini mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi.
⚫️Tadbir ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini eshitish va yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.