Xususan, tuman Kengashi 15-A.Temur saylov okrugi deputati Obloqul Isanov S.Ayniy mahallasida joylashgan 21- va 22-sonli umumta’lim maktablari hamda 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
⏩ O‘rganish jarayonida binolarning isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxirasi, darsxona va xonalar holati, shuningdek energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏩ Deputat tomonidan muassasa rahbarlariga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash hamda o‘quvchilarga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.