Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Xalnisa Shayimova tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda ayollar bilan "Xavfsiz hayot" mavzusida uchrashuv o'tkazdi.

➡️ Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ Tadbirda Boyovut tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari A. Askabilova, Navoiy mahallasi otinoyisi F. Qobilxo‘jayeva va boshqa faol ayollar ishtirok etishdi.

➡️ Uchrashuv davomida ayollar o‘z muammolari bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, ular uchun foydali tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.

Tadbir samimiy ruhda, qiziqarli va sermahsul tarzda o‘tdi.

Slide 1 of 6