Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi ish rejasiga muvofiq, hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va infratuzilma tizimi holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishidagi mavjud muammolar, tizimdagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, suv tarmoqlarini ta’mirlash, yangi quvurlar o‘rnatish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Boyovut tumani "Suvta’minot" davlat unitar korxonasi rahbari U.Uralov ham o‘zining ish rejalari, amalga oshirilayotgan loyihalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yig‘ilishda masalani hal etishda mutasaddi tashkilotning mas’uliyati alohida ta’kidlanib, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.

Slide 1 of 4