Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuvlar jarayonida aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni hal etish hamda saylovchilarning taklif va tashabbuslarini o‘rganish maqsadida mahallalarga tashrif buyurildi.

📍 Xususan, tumandagi “Shirin” va “Jo‘langar” mahallalarida o‘tkazilgan muloqotlarda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarni ochiq bayon qilishdi. Suhbat jarayonida aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi, amaliy yechim talab etuvchi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va fikrlari ham tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Slide 1 of 9