Navbatdagi aholi murojaati ham ijobiy yechimini topdi.
Aholi vakillari murojaatiga ko‘ra: Uchko‘prik-Paloxon yo‘lining markaziy shifoxona joylashgan hududida chiqindi suv quvuri tizimida sodir bo‘lgan avariya holati natijasida yo‘lovchilar va avtomobil haydovchilariga yo‘l qatnov qismi yo‘l xavfsizlik talablariga javob bermay qolgani sababli noqulaylikni yuzaga keltirayotgan edi.
Deputat tashabbusi bilan tumandagi mutasaddi tashkilot xodimlari muammoni o‘rgandilar, ko‘rsatilgan manzilda xaqiqatdan ham chiqindi suv quvuri tarmog‘ida nosozlik borligi aniqlandi, ushbu nosozlik avariya tiklash birigadasi tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.
Xalq deputatlari Uchko'prik tumani Kengashi kotibiyati