Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

➡️Tashrif davomida deputatlar avvalo mahalla yettiligining kundalik ish faoliyati, olib borilayotgan chora-tadbirlar, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi yondashuvlari bilan yaqindan tanishdilar. Mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholiga yaratilgan sharoitlar hamda yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar bilan olib borilayotgan muloqotlar haqida ma’lumot berildi.

➡️Shuningdek, uchrashuv jarayonida mahallaga turli masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Fuqarolarning taklif va murojaatlari diqqat bilan tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, ayrimlari esa tegishli tashkilot va mutasaddilarga yetkazish uchun yozib olindi.

Slide 1 of 1