Bugun, tuman Kengashi deputati Salohiddin Kuldashov "Markaz" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
➡️ Yoshlar o‘zlarining biznes boshlash istaklari va imtiyozli kreditlar olish borasidagi murojaatlarini bildirib, deputat tomonidan barcha savollarga batafsil tushuntirishlar oldilar.
➡️ Shu bilan birga, aynan bugun "Markaz" mahallasida mehr va muruvvatga boy tashabbus ham amalga oshirildi — deputatning sa’y-harakati va sahovatpesha homiylar ko‘magi bilan ehtiyojmand oilalarga ehsonlar tarqatildi. Ushbu ezgu ishlar nafaqat moddiy yordam, balki insonlar qalbida umid va quvonch uyg‘otdi.