“Deputat mahallada” loyihasi doirasida ishchi guruh 57-maktabda
Parkent tumanida O‘zbekiston XDP tashabbusi bilan “Deputat mahallada” loyihasi doirasida navbatdagi o'rnagish ishlari bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi mazkur maktabda tashabbusli budjet loyihasi g‘olib bo‘lib, bugungi kunda maktab binosida qurilish va ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda. Maktab o‘quvchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, sinf xonalarining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi, sport zallari va kutubxona fondini boyitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish hamda o‘qituvchilar mehnatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. “Deputat mahallada” loyihasi doirasidagi bunday tashriflar hududlardagi muammolarni o‘rganish, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni joyida ko‘rib chiqish va ularni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.