Yangiliklar

Deputatlar tomonidan bog‘chalarda autsorsing xizmatlari o‘rganildi

Ta’lim sifatini yanada oshirish va bolalarga yaratilayotgan sharoitlarni har tomonlama takomillashtirish maqsadida tuman Kengashining faol deputatlari — M.Isroilova, J.O‘skanov va D.Ochilovalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi autsorsing xizmatlari holati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida bog‘chalarda ko‘rsatilayotgan ovqatlantirish, tozalik va boshqa autsorsing xizmatlarining holati, bolalar uchun yaratilayotgan sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlar, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar tahlil qilindi.

Deputatlar tomonidan joylardagi ahvol o‘rganilib, ayrim taklif va tavsiyalar berilishi bilan birga, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida e’tirof etildi.

Mazkur o‘rganishlar sohaga e’tibor qaratish, mas’ullar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholi roziligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Slide 1 of 2