O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, sohadagi yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimiz agrar sohasini rivojlantirish bo‘yicha juda dolzarb va amaliy vazifalar belgilab berildi.
Ko‘p yillik qishloq xo‘jaligi mutaxassisi sifatida fikrim shundan iboratki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yangilangan Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan mulk, iste’dod, ishlab chiqaruvchi, tadbirkor va albatta erkin bozor tamoyillarining himoyasi – bu jonajon yurtimizda barqaror va farovon hayot asoslarini yaratishga qaratilgan qat’iy qadamlardir.
Bu esa, haqiqiy qishloq xo‘jaligida uyg‘onish, korrupsiyadan uzoqlashish, tuproq unumdorligini va eksport salohiyatimizni oshirish sari dadil intilish demakdir.
Dehqonlar kayfiyatini aytmay qo‘ya qoling – ular ayni paytda ishtiyoq bilan yashamoqda! Yig‘ilishda ilgari surilgan vazifalar ularning faoliyatida ham aks etmoqda.
Men agronom-olim sifatida ham, xalq deputati sifatida ham Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yo‘lida bor kuch-g‘ayratimni safarbar etishga tayyorman.
Olqishlayman va qo‘llab-quvvatlayman!